15-iyun kuni Ukraina koronavirus pandemiyasi tufayli to’xtatilgan havo qatnovini qayta tiklaydi. Bu haqda bugun o’tkazilgan brifingda mamlakat Sog’liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov ma’lum qilgan.

moskva aeroport reys
Foto: RIA novosti

«Karantindan chiqish rejasiga ko’ra, u 15-iyundan boshlanadi. Ammo shuni eslatib o’tmoqchimanki, agar biror kishi boshqa mamlakatdan qaytib kelsa, u o’zini o’zi izolyatsiyaga o’tkazishi va u yerda 14 kun qolishi kerak bo’ladi”, – ta’kidladi Stepanov.

Bundan tashqari, ukrainaliklar Belorussiya yoki boshqa mamlakatlarga avtomobil orqali borishlari mumkin. “Bugungi kunda hech qanday cheklovlar yo’q”, – deb ta’kidladi vazir.

Avvalroq, 20-may kuni Ukraina hukumati karantinni 22-iyungacha uzaytirdi. Biroq, karantin o’zgaruvchan bo’lib – har bir mintaqada COVID-19 tarqalishi bilan bog’liq vaziyatga qarab turli xil cheklov choralari ko’rila boshlanadi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatda deyarli 22 mingta koronavirus bilan kasallanganligi aniqlangan. Shuningdek, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.