Avval xabar qilganimizdek, “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–6000-son, 26.05.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Google

Farmonga muvofiq, 2020-yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilindi.

“Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

2020-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklida o‘lkashunoslik muzeylari tashkil etiladi.

Farmon bilan 15 aprel “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.