Farmonga ko‘ra, “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining bino va inshootlari rekonstruksiya qilinadi.

Foto: Google

Farmonga ko‘ra, “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining bino va inshootlari rekonstruksiya qilinadi.

2020-2021 yillar davomida har bir hududda ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bog‘lari tashkil etiladi.

2020-yil 1-sentabrdan boshlab:

  • ko‘chma sirklar tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi;
  • ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari mazkur tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini to‘lov undirilmagan holda ta’minlaydi;
  • davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko‘chma sirklar tomonidan tomosha tadbirlari o‘tkazish uchun ijara va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi;
  • o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini (dorboz, askiya, lapar) asrash va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatidan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.