Joriy yilning 26-may kuni soat 20:00 larda, Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani TXAY-Qumariq ko‘chalari chorrahasida haydovchi 1969 y.t. T.Q. (erkak) “Nexia-2” rusumli transport vositasini boshqarayotib, asosiy yo‘ldan kelayotgan, haydovchi 1998 y.t. I.E. (erkak) boshqaruvidagi “Tiko” rusumli transport vositasini o‘tkazib yubormasdan harakatlanganligi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Natijada, “Nexia-2” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1981 y.t. A.Q. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.

“Tico” rusumli transport vositasi haydovchisi I.E. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirg‘ali tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi YHXBB axborot xizmati xabarida.