ODKBga aʼzo davlatlar 2021-yilda Tojikistonda keng koʻlamli harbiy mashq oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ODKB bosh kotibi Stanislav Zas maʼlum qildi.

Foto: Sputnik

“Kelgusi yilda Tojikistonda ODKB davlatlari kuchlari bilan keng koʻlamli mashqlar oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz, u yerda chegara mojarosida harakat qilish mashqlarini bajaramiz”, – dedi u.

ODKB bosh kotibining soʻzlariga koʻra, ODKB ayni vaqtda tojik-afgʻon chegarasida terrorchi guruhlar, jumladan ISHID (Rossiyada taqiqlangan) faolligi oshayotganini qayd etdi.

Shu munosabat bilan ODKB hozirda bu hududda chegaralarni mustahkamlash boʻyicha turli choralarni koʻrmoqda. ODKB chegara muammosiga jalb qilish maqsadida BMT va YEXHT bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Tojikistonda ODKB davlatlarining “Buzilmas birodarlik” mashqlari oʻtkazilgandi. ODKBning tinchlikparvar kuchlari qochqinlar lageri nazorat-oʻtkazish punktiga shartli guruhlar tomonidan qilingan hujumni qaytarishdi.

Tojikistonda oxirgi marta mashq Afgʻonistonda terroristlarning faolligi oshgani sababli oʻtkazilgan edi.