Tergov departamenti xabariga ko’ra, o’tgan yilning dekabr oyidan joriy yilning yanvar oyi o‘rtalariga qadar 24 yoshli B.Z., aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan Buxoro shahri S. Boxarziy ko‘chasida 34 yoshli A.N., ni Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qiladi.

Foto: Google

Keyin esa uning 2800 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib, A.N.,ga jami 26, 777 324 so‘m miqdordagi moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Z., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.