Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Dang‘ara tumanida joriy yilning 22-may kuni Q.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Ho‘ja qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan A.G.ni urib yuborishi oqibatida A.G. shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg’ona viloyat IIB ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.