Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tumani sudi tomonidan joriy yil may oyi davomida Romitan tuman IIB Probatsiya guruhining jazoni o‘tash tartib-qoidalariga to‘liq rioya etib, mehnatga halol munosabatda bo‘lib kelgan va qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan 15 nafar mahkumlar bo‘yicha taqdimnomalari ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

10 nafar axloq tuzatish ishlari, 2 nafar ozodlikni cheklash va 3 nafar muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan maxkumlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Shuningdek, axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilinib, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan bir nafar maxkumning jazosi og‘ir turdagi jazoga almashtirilgan.