Ta’lim va fanni rivojlantirishning 2025-yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturida amalga oshiriladigan islohotlarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Milliy jamoatchilik ishonchi kengashining 3-yig‘ilishida ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

“Deyarli bir yil davomida Milliy Kengash eng muhim va keng qamrovli islohotlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Jamoatchilik muloqatining milliy modeli o‘zining samaradorligini isbotladi. Endi kelgusi davr uchun kun tartibini belgilab olishimiz kerak. Inson kapitali har qanday davlatning asosiy mezoniga aylandi. Shuning uchun malaka masalasi alohida ahamiyatga ega. Har bir fuqaro shaxsiy yutuqlari orqali butun mamlakatning ravnaqiga hissa qo‘shadi. Shuning uchun bugungi uchrashuv inson kapitalining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishga bag‘ishlandi. Bu ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash”, – dedi Davlat rahbari.

Prezidentning aytishicha, yangicha vaziyat ta’lim va fan tizimlarini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda.

“Bu sohaning ahamiyati yanada oshishi aniq. Hatto iqtisodiyotning o‘zi ham unga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim va fanning kelajakdagi rolini aniq tushunishimiz kerak. Biz barcha davlat siyosatini shunga muvofiq amalga oshiramiz. Ta’lim va fanni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturida amalga oshiriladigan islohotlarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Ta’kidlash joizki, 2025 yilga kelib ta’limga ajratiladigan mablag‘lar hozirgidan 6 baravar, fan uchun esa 7 baravar ko‘payadi”, – dedi Qosim-Jo’mart To’qayev.