Farg’ona viloyat IIB xabariga ko’ra, Toshloq tumanida 19-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida So‘filar MFYda yashovchi A.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 274 tup “ko‘knori” o‘simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.