Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitini kuz mavsumiga koʻchirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya prezidentiga yaqin boʻlgan manbaaga asosan. 

Foto: Zamin

ShHT sammiti 22-23 iyul kunlari Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Barcha mamlakatlarda muvaffaqiyatli hal qilinmagan epidmiologik vaziyat tufayli uni kuzga koʻchirishga qaror qilindi, – deyilgan xabarda. 

“Sammitni videoaloqa orqali oʻtkazish nazarda tutilmagan, batafsil fikr almashib olish uchun yuzma-yuz uchrashuv kerak”, – deyilgan xabarda. 

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.