Joriy yilning 26-may kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani 4N-425 “Uchqo‘rg‘on – Yangier” mahalliy yo‘lining 5 km.da haydovchi, 2000 y.t. S.Q. (erkak) “Cobalt” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1969 y.t. R.A. ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Foto: Google

YHXBB axborot xizmati xabariga ko’ra, piyoda R.A. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.