Xabaringiz bor, bugun Navoiy viloyatida koronavirus yuqtirib olganlar soni 31 nafarga ko‘paydi.

Foto: Google

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning 22 nafari Zarafshon shahridan, 1 nafari Xatirchi tumanidan, 4 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari Navbahor tumanidan hamda 3 nafari Tomdi tumanidan ekanligi qayd etilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Barcha bemorlar Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3 – sonli TSQ “Terapiya” bo‘limida hamda Konimex tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanmoqda. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.