Joriy yilning 20-may kuni 30 yoshli S.S. va 33 yoshli A.R.,lar jinoiy til biriktirib, tanishi Samarqand shahar Jomboy ko‘chasida yashovchi 22 yoshli M.N., ning yashash uyida ko‘p miqdorda tilla taqinchoqlar va pullar borligini, ushbu mol-mulklar turgan joyini hamda uy egasi M.N. va uning oila a’zolari shu kuni soat 14:00 dan 18:00 ga qadar uyida bo‘lmasliklari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan, deb xabar bermoqda Tergov departamenti axborot xizmati.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Shu kuni soat 15:00 da S.S., fuqaro M.N., ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 148, 440 000 so‘mlik turli xildagi tilla taqinchoqlar va 3100 AQSh dollari naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, M.N., ga umumiy 179, 841 636 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.R., ga tegishli moddalar bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. S.S., ni qo‘lga olish va tergovga keltirish choralari ko‘rilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatma JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi, “o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish uchun sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.