Chuvashiyaning sobiq rahbari Mixail Ignatiyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ustidan mamlakat Oliy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

Foto: Kommersant

20-may kuni ro‘yxatga olingan da’vo arizasida janob Ignatiyev Putinning vakolat muddatini oldin bekor qilish to‘g‘risidagi farmoniga qarshi chiqmoqchi ekanligi aytilgan.

Da’vo ariza ishlab chiqarish uchun qabul qilindi, uni sudya Vyacheslav Kirillov ko‘rib chiqadi. Sud majlisi 30 iyunga belgilangan.

Chuvashiya rahbari Ignatiyev 2020-yil yanvar oyining oxirida ishonchni yo‘qotgani sababli ishdan bo‘shatilgan.

Avvalroq esa Ignatiyevning FVV xodimi bilan janjali aks etgan video internetga tarqalgan edi. Videoda Ignatiyev xodimni yangi o‘t o‘chirish mashinasidan sakrashga majbur qilgan. Video tarmoq foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘lgan.