FVV xabariga ko’ra, voqea Qarshi shahridagi 5 mikrorayonda yuzaga kelgan. A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma’lum qilgan.

Qutqaruvchilar sanoqli daqiqalarda, zudlik bilan voqea joyiga yetib bordilar va “chaqirilmagan mehmon”ni tutib, xavfni bartaraf qildilar, deyiladi xabarda.