Joriy yil 26-may kuni dan boshlab Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi.

Foto: Google

Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Yo‘lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poezdga chiqishdan oldin yo‘l varag‘ini to‘ldirishlari va Vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibga xamda sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.