Olmaota viloyatida koronavirus yuqtirib olgan 89 yoshli nuroniy onaxon sog‘aydi. Bu haqda Kazinform hokimiyat matbuot xizmatiga asoslanib xabar beradi.

Foto: Kazinform

Kegen tumanida istiqomat qiluvchi 1931-yilda tug‘ilgan Kumisxan Orazaqinova 4-maydan beri Shelek qishlog‘idagi tuman kasalxonasida davolanib kelgan. Kasalxona bosh shifokori Gulnar Kurametovaning so‘zlariga ko‘ra, qabul paytida bemorning ahvoli o‘rtacha og‘ir edi.

“Kasalxonaga yotqizilgan paytda biz bemorning yoshini hisobga olgan holda uni reanimatsiya bo‘limiga joylashtirdik. Chunki yuqori qon bosimi har qanday kasallikni kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun biz uni qattiq nazoratda ushlab turdik. Bugungi kunda bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq tuzaldi”, – dedi bosh shifokor.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiyaga chalinganlar soni 9304 nafarni tashkil etmoqda. Dunyoda esa 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.