Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Turkmanistonda hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Foto: 24 KG

2020-yil 27-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 9304 kishiga yetdi. Bemorlarning 4613 nafari butunlay tuzaldi. 37 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 27-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 52 taga oshib, jami 1520 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 16 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangandi. Bugun, 27-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 3266 tani tashkil etmoqda va jami 47 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 27-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 11,831 nafarni tashkil etmoqda. 220 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 1128 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.