Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida bugun, 27-may kuni Marhamat tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Xalq so’zi

Yig‘ilishda kun tartibida belgilangan masalalar ko‘rib chiqildi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida Marhamat tumani hokimi Shuhrat Qamchiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan Yo’ldashev Boburbek Bahodirovichni Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi.

Yo’ldashev Boburbek Bahodirovich 1986-yil 22-yanvar kuni Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.