Farg‘ona tumanida fuqaro M.N. 2018-yilning iyun oyida tanishi A.J.ning ishonchiga kirib, Farg‘ona shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridan xonadon olib berishni va’da qilib, 8000 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Foto: Google

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi IIB fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun uy olish masalasida davlat organlariga belgilangan tartibda murojaat qilishlarini yoki barcha harakatlarni notarial idoralar orqali amalga oshirishni so‘rab qoladi, deyiladi viloyat IIB axborot xizmat xabarida.