1-iyundan boshlab Venesuela koronavirus tufayli karantinni bosqichma-bosqich yumshatishni boshlamoqchi, dedi mamlakat prezidenti Nikolas Maduro.

Foto: RIA Novosti

“Men ijtimoiy va iqtisodiy hayotni osonlashtirish kerakligini tushunaman, ammo tartibli va xavfsiz tarzda”, – dedi Maduro Twitter’da tarqatgan nutqida.

Shu bilan birga, Prezident, shuningdek, yuqtirish hollari kamayishiga ishonch hosil qilish kerakligini va karantinni yumshatish uchun ma’lum shart-sharoitlarni ishlab chiqish kerakligini ta’kidlagan.

“Biz dushanba kunidan zaiflashtirish rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun boshlashga hamma narsani tayyorlaymiz”, – dedi Maduro. Shuningdek, u ma’lum bir hududda kasallik ko’paygan taqdirda mahalliy, tanlangan karantin yoki komendantlik soati joriy qilinishi mumkinligini qo’shimcha qilgan.

Venesuelada hozirgacha 1211 ta koronavirus holati qayd etildi, 11 kishi vafot etdi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.