Foto: Sof.uz

Shunday qilib, qayd etilgan kasalliklar umumiy soni 18 taga yetdi, shundan ikkitasi vafot etdi.

“Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bugungi kunda 13 ta yangi yuqtirish holatlari aniqlangan”, dedi vazirlik vakili Jahanpur o‘z bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi bemorlarning aksariyati yo virusni birinchi bor aniqlagan Qum shahri aholisi yoki so‘nggi kunlar yoki haftalarda u yerda bo‘lganlar. Shunday qilib, yuqtirilgan 13 virusdan yettitasi Qumda, to‘rttasi poytaxt Tehronda va yana ikkitasi G‘ilon viloyatida.

31 dekabr kuni Xitoy ma’murlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismida (Xubey viloyati) Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar – bu yangi koronavirus. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy COVID – 19 nom berdi.