Rossiyada 101 nafar shifokor koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berib o‘tdi.

Foto: Sputnik

Biroz vaqt muqaddam Sankt-Peterburg shahrining o‘zida 3 mingdan ziyod shifokorlar koronavirusga chalingani va ulardan 8 nafari vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Ayni vaqtda Rossiyada virus yuqtirganlar 362,342 nafarga yetgan. Ulardan 3807 nafari vafot etgani aytilmoqda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.