Koreya Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazlarining (KCDC) xabar qilishicha, aprel oyining boshidan beri Janubiy Koreyada birinchi marotaba COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning 40 ta yangi holati ro’yxatga olingan.

janubiy koreya kimyo zavodo
Foto: O’zA

Kasallikni yuqtirib olganlarning umumiy soni 11,265 taga yetgan. Aprel oyining boshidan boshlab Janubiy Koreyada kasallangan odamlarning kunlik ortishi asta-sekin kuniga 40 tadan 10-20 tagacha kamaygan edi, 6-mayda bu raqam ikki barobarga kamaydi.

KCDC ma’lumotlariga ko’ra, chorshanba kuni soat 00:00 (Toshkent vaqti bilan soat 20:00), 40 ta yangi holatning 37 tasi mahalliy bo’lib, ular Seulning Itevon shahridagi tungi klub va barlarda COVID-19’ning tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan. Uchta holatda esa chet eldan kelganlarda aniqlangan.

O’tgan kun davomida 20 kishi kasalxonadan chiqarilgan, davolanganlarning umumiy soni 10,295 gacha o’sdi yoki 91,4% ni tashkil etdi. Vafot etganlar soni o’zgarmadi va 269 kishini tashkil qildi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.