Foto: IIV axborot xizmati

Karmana tuman IIB ga 1979-yil tug‘ilgan, “Kamolot” MFYda yashovchi U.B. ariza orqali murojaat qilib, noma’lum shaxs uning “Yangiariq” MFY da joylashgan Ohak va gips ishlab chiqarish shaxobchasiga devor orqali xufyona ravishda kirib, umumiy 17, 500 000 so‘m qiymatga ega bo‘lgan generator, drel, gaz balloni, gaz hisoblash apparati, gazodeftektor, 1 tonna 16 sm hajmdagi armatura hamda 6 sm qalinlikdagi simlarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1956 yil tug‘ilgan, Karmana tumani, “Yangiariq” MFY da yashovchi V.Sh. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.Sh. ga nisbatan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi IIV xabarida.