Foto: Tribuna

Manbaga ko‘ra, Neymar yozgi transferlar vaqtida «Barselona»ga qayta olmagach, Parij klubi rahbariyati bilan munosabatlarni yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan. Ayni damda tomonlar yangi shartnoma shartlarini muhokama qilishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» sardori Lionel Messi yaqinda bergan intervyusida Neymarning yozda Kataloniyaga klubiga qaytishni xohlayotganini aytgandi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mavsumda 28 yoshli braziliyalik hujumchining hisobida 14ta o‘yin, 13ta gol va 6ta golli uzatma bor.