Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungacha faqat chet el investorlari uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlar endi mahalliy xususiy investorlar uchun ham joriy qilinadi.

Misol uchun, xususiy investor o‘z hisobidan 25 million dollardan ortiq qiymatdagi loyiha boshlasa, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari budjet hisobidan qurib beriladi.