Turkiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda aniqlangan koronavirus holatlari soni 948 kishiga ko‘paydi, 28 kishi vafot etdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Foto: Sputnik

Bu 25-martdan beri Turkiyada qayd etilgan eng quyi kunlik ko‘rsatkich hisoblanadi.

“Bugun 948 ta yangi holat aniqlandi, jami kasallanganlar soni — 158.762 kishi. 28 nafar bemordan ayrildik, jami vafot etganlar soni — 4397 kishi. 1492 nafar bemor tuzaldi, jami — 121,507 kishi”, — deb yozdi Koja “Twitter”da.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.