O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 26-may kuni investitsiya masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirda Investitsiya dasturining joriy yil dastlabki to‘rt oyidagi ijrosi tahlil qilinib, prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarish, jumladan, yirik ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini foydalanishga topshirish chora-tadbirlari muhokama etildi.

2020-yilgi Investitsiya dasturiga 3 mingdan ortiq loyiha kiritilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun 235 trillion so‘mlik investitsiyalar, jumladan, 7 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan.