2020-yil 26-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3290 (+9) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazida, qolgan 6 nafari Samarqand viloyatida karantinga olingan fuqarolar ichida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2636 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Avval xabar qilganimizdek, sog‘ayganlarning 15 nafari Toshkent shahri, 2 nafari Andijon viloyati, 7 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Xorazm viloyati hamda 2 nafari Samarqand viloyatidan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 640 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.