Bugun Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasining jamiyatdagi o‘rni va ta’sirini oshirish haqidagi PF-6000-sonli Farmonni imzoladi.

Foto: Google

Farmonga ko‘ra:

  • davlat tasarrufidagi konsert va madaniyat saroylarida to‘liq jonli ijro asosida o‘tkaziladigan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma qilib beriladi;
  • konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig‘im bekor qilindi;
  • davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar xizmat ko‘rsatganda albatta yozma va haq evaziga tuziladigan shartnoma tuzilishi belgilandi;
  • San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tuzildi;
  • Respublika qo‘g‘irchoq teatriga O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri nomi berildi;
  • 2020-yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilinib, o‘sha kuni muzeylarga kirish bepul bo‘ladi;
  • 15-aprelni “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb belgilash to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.