AQSh ayni damda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchiga aylangan.

Foto: Google

AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan oshib ketdi. Ushbu ma’lumot Worldometers saytida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 100,046 kishi kasallikdan vafot etgan. Koronavirusga chalinish holatlari 1, 713 463 taga yetgan, 468,5 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.

AQSh ayni damda koronavirusga chalinganlar va qurbonlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. 

Sayt ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo‘yicha esa koronavirus yuqtirganlar soni 5,6 mln kishidan oshgan, 349,323 kishi esa vafot etgan.