Xitoyning Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi, Markaziy Xitoy) 14-may kuni boshlangan ommaviy sinov paytida 200dan ortiq asimptomatik koronavirus tashuvchisi aniqlandi, deb xabar berdi shahar Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.

Foto: Aly Song / Reuters

10 kun ichida 11 million odam istiqomat qiladigan Uxan metropolisida 6,68 million sinov o‘tkazildi va 206 nafar simptomsiz koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati aniqlandi.

O‘tgan dushanba kuni Uxan shahri ma’muriyati COVID-19 sinovlaridan o‘tmagan aholini yashash joyida seshanba kuni soat 17:00 (Pekin vaqti)ga qadar ro‘yxatdan o‘tishga chaqirganligi to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida koronavirus tarqalishining markaziga aylangan Uxanda karantin joriy etilgan bo‘lib, u 76 kun davom etdi. Epidemiya boshlangandan beri shaharda 50 mingdan ortiq bemor ro‘yxatga olingan, 3869 kishi ushbu kasallikning qurboniga aylangan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.