O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy davlatlarda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni vatanga qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

koronavirus uzbekiston
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tasdiqlangan jadvalga muvofiq Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan 25-may kuni amalga oshirilgan “Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent” reysi orqali 278 nafar fuqaro olib kelindi.

Bugun, 26-may kuni amalga oshirilishi belgilangan “Toshkent – Moskva – Toshkent” reysi orqali esa 275 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga ko‘ra mazkur hafta oxiriga qadar Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Istanbul va Moskva shaharlariga yana 6 ta qatnov amalga oshiriladi.