Toshkentda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Adiblar xiyobonini barpo etish uchun 175,6 milliard so‘m ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat xaridlari portaliga tayanib, “Anhor” nashri xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, pudratchi — Prezident apparati Ishlar boshqarmasining Qurilish birlashmasi.

Eslatib o‘tamiz, Adiblar xiyoboni 20-may kuni ochilgan edi. Shuningdek, xiyobon ichidan Toshkent shahri muzeyi o‘rin olgan.