Yaman mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bardosh berolmasligi mumkin, bu haqda “Planeta novosti” portali xabar qildi.

Foto: RIA novosti

Arab respublikasidagi vaziyat mamlakatda ocharchilikni keltirib chiqargan fuqarolar urushi, shuningdek, hokimiyat kerakli miqdorda koronavirusga test-tizimlarini va dori vositalarini sotib olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli jiddiy murakkablashmoqda.

Pandemiyadan oldin yamanliklar Denge bezgagi, malyariya va oʻlat kasalligini boshdan kechirishgan, shu sababli ularning koʻpchiligining immunitetni zaiflashgan va aholining tahminan 80 foizi chet eldan gumanitar yordamga muhtoj.

Bundan tashqari, mamlakatdagi shifoxonalarning aksariyati yopilgan – Yaman mintaqalarining deyarli toʻrtdan bir qismida tibbiy yordam olish imkoniyati yoʻq, soʻnggi yillarda bolalar orasida emlashlar olib borilmadi.

BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha Oliy komissari idorasi vakili Jan-Nikol Boze koronavirus pandemiyasi Yamanda qaytarib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi. Shu bilan birga, testlarning yetishmasligi tufayli kasallanganlarning aniq sonini aniqlab boʻlmaydi – rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hozircha mamlakatda 212 ta COVID-19 bilan kasallanish va 39 ta oʻlim holatlari qayd etildi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.