O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25-may kunidan o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Diyor Imomxo‘jayev

Shu sababli, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti A. Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Diyor Imomxo‘jayev bunga qadar mazkur tashkilotda bosh direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.