Tashkilotning mamlakatdagi doimiy vakili vazifasini Baxtigul Karriyeva bajaradi, u JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosining mintaqaviy direktori lavozimida ishlagan. Bu haqda Aziya-Plyus nashri xabar tarqatdi.

Foto: O’zA

U shartnomani yakunlagan Galina Perfilevaning o’rnini egalladi.

Ushbu ma’lumot Aziya-Plyus nashriga vakolatxona tomonidan rasmiy tasdiqlab berilmagan. Ma’lumot, shuningdek, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi veb-saytida mavjud emas.

Aprel oyining boshida tojik telekanalida Galina Perfileva mamlakatda koronavirus yo’qligini rasman e’lon qilgandi va aholidan gigiyena qoidalariga rioya qilishni va gavjum joylarga tashrif buyurmaslikni so’ragan edi.

Keyinchalik “Kommersant”ga bergan intervyusida u “mamlakatda kasallikning mavjud emasligini qat’iyan tasdiqlash mumkin emas” deb aytgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda u Tojikiston Sog’liqni saqlash vazirligiga mamlakatda koronavirus epidemiyasini yashirishda yordam berganlikda ayblangan.

Change ORG platformasida ular hatto “Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining Tojikistondagi doimiy vakili Galina Perfilevani ishdan bo’shatish to’g’risida” petitsiyasini chiqarishgan.

Mamlakatda 30-aprelga kelib birinchi infeksiya 15 kishida qayd etilgan edi. Hozirga kelib esa kasallik soni 3266 taga yetdi. Infeksiya qurbonlari esa 47 nafarni tashkil etmoqda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.