Samarqandda joriy yilning 24-may kuni soat 18:00 da haydovchi 39 yoshli K.T. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomobilini Ishtixon tumani “Azamat” maxallasi Nurobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda boshqarib borib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomon chekkasida joylashgan Xatirchi kanalining kichik irmog‘ining tushib ketib, YTH sodir etgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tergov departament axborot xizmati

Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi 39 yoshli M.U. tan jarohati olib, Xatirchi kanalining kichik irmog‘ining suv oqimiga tushib ketib vafot etganligi aniqlangan. M.U., ning murdasi hodisa joydan suv oqimi bo‘yicha 430 metr uzoqlikda kanalning kichik irmog‘ining suv oqimidan topilgan.

Holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.