Inson huquqlari milliy markazi xabariga koʻra soʻnggi 15 yil ichida Respublikada qamoqxonalarda saqlanayotganfuqarolar soni 2 martaga kamaygan.

Foto: Xalq so’zi

Ayni damda Oʻzbekiston qamoqxonalari oʻrtacha 80 %ga toʻlgan, ayrim muassasalar 30 %ga toʻldirilgan. 

Shuningdek, yaqin kunlarda Oʻzbekistonda mahsbuslar soni ochiqlanadi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining qarorida aytib oʻtilgan. 

“Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasida maxfiylikdan chiqariladigan maʼlumotlar 1-ilovaga muvofiq tasdqlansin”, – deyilgan qarorda. 

Ayni damda ushu maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi. Ushbu borada Oʻzbekiston dunyo tajribasini tatbiq etgan holda, mahbuslar sonini har 100 ming kishiga nisbatan hisoblaydi. 2018-yilda Oʻzbekistonda har 100 ming aholi soniga 140 nafar mahbus toʻgʻri kelgan edi. Bu 2017-yilga nisbatan 10%ga kam.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ramazon hayiti arafasida 258 nafar mahbusni avf etgan edi.