Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba qishlog‘idagi madrasa muzey hamda jamoat kutubxonasiga aylantirildi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati  xabar bermoqda.

Foto: O’zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, tarixiy obyektni bunday qayta tashkillashtirish mahalliy ziyolilar vakillari va hurmatli oqsoqollar taklifi bilan amalga oshirilgan.

Tumandagi nuroniy kishilar so‘zlariga ko‘ra, qariyb 250 yillik tarixga ega bo‘lgan madrasa O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar qishloq xo‘jalik o‘g‘itlari ombori sifatida ishlatilgan.

“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, madrasa 1791 yilda Muhammad Amir Naqibbekning tashabbusi bilan qurilgan, – deydi Ilhom Fayziyev, tarixiy obidalarning mas’ul vakili. – 1928 yilgacha u madrasa bo‘lib ishlagan va keyinchalik asta-sekin tashlab qo‘yilgan holatga tushgan. Ko‘p yillar davomida mahalliy aholi mulkni tartibga solish iltimosi bilan turli hokimiyat idoralariga murojaat qilishdi, ammo amaliy natijalarga faqat so‘nggi yillarda erishildi.”

Endi bu yerda ochilgan kutubxonaga tashrif buyurgan o‘quvchilar madrasa hujralarida kitob o‘qishlari mumkin va shu bilan uzoq o‘tmish atmosferasiga kirib boradilar. Tarixsevarlar Kattaqo‘rg‘on tumanining boy tarixini aks ettiruvchi katta eksponatlar to‘plami bilan tanishishlari mumkin.