Tojikistonda 26-may holatiga ko’ra COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 3266 kishiga yetdi. Bir kunda +166 ta yangi infektsiya holati qayd etildi. Bu haqda Aziya-Plyus nashri xabar berdi.

Foto: Aziya-Plyus

O’tgan bir kun ichida bitta o’lim qayd etilib, qurbonlarning umumiy soni – 47 kishini tashkil etdi.

Bugungi kunda infeksiyadan davolanganlar soni 1417 ni tashkil qilmoqda.

Mamlakatning yangi tayinlangan Sog’liqni saqlash vaziri Tojikistonda COVID-19 bilan og’rigan bemorlarni davolash mutlaqo bepul va mamlakatda dori-darmonlar yetarli darajada ta’minlanganini aytgan.

Hozirda Tojikiston ko’chada niqobsiz yurish uchun jarima solish masalasini ko’rib chiqmoqda.

Mamlakatda 30-aprel kuni birinchi infeksiya 15 kishida qayd etilgan edi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.