Foto: Sports

“Kamp Nou” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Lionel Messi to‘rtta, Artur esa 1 ta gol kiritishga erishdi.

Shu tariqa, kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 55 taga etdi va jamoa 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Real” hisobida esa 53 ochko mavjud. Qayd etish joiz, madridliklar soat 01:00 da “Levante”ga qarshi maydonda sarf tortishadi.