Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 24-iyun kuni G‘alaba kuni paradiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashni buyurdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar sog‘lig‘i uchun har qanday xatarni “minimallashtirish yoki umuman yo‘qotish kerak”.

Foto: Sputnik

“Buyuk Vatan urushidagi G‘alabaning 75 yilligi sharafiga – Rossiya poytaxti Moskva va boshqa shaharlarda harbiy paradga tayyorgarlikni boshlashingizni buyuraman. Biz buni 24 iyun kuni – afsonaviy tarixiy parad bo‘lib o‘tgan kuni, Moskva yaqinida jang qilgan va Leningradni himoya qilgan jangchilar, Stalingrad yaqinida jang qilgan, Yevropani ozod qilgan, Berlinga bostirib kirgan va Qizil maydonni bosib o‘tgan kunda nishonlaymiz”, – dedi Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda.

“O‘lmas polk” yurishi 26-iyulda o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir bu tadbirda ijtimoiy masofalanishni saqlab bo‘lmaydi. “Biz vaziyatning rivojlanishiga diqqat bilan qaraymiz va kelgusi oylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholaymiz. Va, albatta, agar ekspertlarning fikriga ko‘ra, xavfsizlikni to‘liq ta’minlashning imkoni bo‘lmasa, unda biz o‘lmas polkning yurishini boshqa muddatlarga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilamiz”, – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, bu yil koronavirus pandemiyasi tufayli 9-may kuni G‘alaba paradi havoda o‘tkazilgan edi.