O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ko‘magida Xitoyning “Jing Lian Cable Co. Ltd.” kompaniyasi rahbari Chjan Sinjuy va Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari ishtirokida onlayn-muzokara o‘tkazildi.

Foto: Google

Muloqotda “Jing Lian Cable Co. Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida kabel ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Videokonferensiyada tomonlar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan qiymati 3 million dollar bo‘lgan mazkur loyihani hayotga tadbiq etish bilan bog‘liq amaliy ishlarni boshlash yuzasidan kelishuvga erishdi.

O‘zbekistonning Pekindagi diplomatik missiyasi saʼy-harakatlari bilan mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni barpo etish va eksportga yo‘naltirilgai yangi mahsulot turlarini ko‘paytirish maqsadida Xitoy sarmoyadorlari ishtirokidagi qator loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda.