Uchko‘prik tumanida 12-may kuni fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasini Salang qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyoda O‘.M. ni urib yuborishi oqibatida O‘.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, ulardan yo‘l harakati qoidalarini buzmasliklarini so‘rab qoladi, deyiladi viloyat IIB xabarida.