Hukumat qarori (322-son, 23.05.2020 y.) bilan Bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etish, ozod etish shartlari, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlari qo‘llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.

Foto: Sputnik

Unga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladi.

Maxsus texnika va texnologik uskunalardan ko‘rsatilgan loyihalar doirasidan tashqarida foydalanganlik holati aniqlanganda, bojxona to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.