2020-yil 26-may soat 15:30 holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 256 nafarni tashkil etmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Yangi bemorlarning ikkovi ham (1971-yilda ayol va 2007-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) Namangan shahridan, har ikki holat ham karantin muassasasida qayd etildi.

Bugun viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 247 kishiga yetdi. To‘rt kishi vafot etgan.

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 kishi davolanmoqda (3 nafari Namangan shahridan, 1 nafar Uychi tumanidan va 1 nafar Norin tumanidan).