Loyiha doirasida Andijon viloyatining 6 ta maydoni tanlab olinib, “Monterra” onlayn platformasiga joylashtirildi. Platforma orqali qishloq xo‘jaligi yerlarini sun’iy yo‘ldoshlardan foydalangan holda, xaritalarning turli xil murakkabliklarini yaratish uchun yerning muayyan hududlarini tasvirdan o‘tkaziladi va ular keyinchalik hosildorlikni tahlil qilish uchun tizimda saqlanadi.

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bu loyihaning asosiy ustunlik jihatlari quydagilar:

  • qishloq xo‘jaligi sohasida tarixiy tasvirlarni yillar kesimida taxlil qilish;
  • qishloq xo‘jaligi sohasida olingan tasvirlarni ma’lumotlar solishtirish;
  • topografik va kadastr xaritalarini yaratish;
  • qishloq xo‘jaligi maydonlarini relefini tahlil qilish;
  • paxta va g‘alla o‘sish jarayonlarini (vegetasiya) davrida onlayn kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • yer maydonlarida ekilgan ekinlarning turi va holati haqida ma’lumatlarni to‘playdi.

Mazkur loyihani amalga oshirishda Andijon texnoparki qoshida yangi rezident tashkil etiladi va 7 nafar malakali dasturchilardan iborat mutaxassislarni qishloq xo‘jaligi sohasida malakasi oshiriladi.